ESTETIK ONGNI SHAKLLANTIRISHDA ISLOM DINI QADRIYATLARI
Keywords:
Islom dinida estetik g‘oyalar va qadriyatlar, estetik muammolar, Qur’oni karim, hadislar, oyatlar, inson va tabiat, estetik ong, tabiat va ekologiyaAbstract
Maqolada bugungi kunda yoshlarning ekologik va estetik ongini shakllantirish bo‘yicha g‘oyalarni davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev ma’ruzalari, ilmiy adabiyotlar hamda islom dini manbalari Qur’oni Karim hamda hadislarda keltirilgan ma’lumotlar asosida tahlil qilindi. Islomda estetik ong tabiatni Allohning in’omi va ishonib topshirgan omonati sifatida ta’riflaydi. Qur’on va hadislarda tabiatni sevish, uni himoya qilish va undan oqilona foydalanish bo‘yicha ko‘plab yo‘riqnoma va g‘oyalar berilgan. Tadqiqotda yoshlarning estetik ongini shakllantirishiga ta’sir etuvchi omillar, inson va tabiat o‘rtasidagi o‘zaro uyg‘unlik, yahlit bir tizim ekanligi atroflicha tahlil qilingan.