O‘ZBEK TILI ILMIY MATNINING UMUMIY XUSUSIYATLARI
Keywords:
Ilmiy matn, ilmiy uslub, sintaksis, fikr izchilligi, obyektivlik, kirish konstruktsiya, qo‘shma gap, sotsiolingvistika, psixolingvistika, mantiqiy qat’iylik, til birliklari, aniqlovchi, ravishdosh, stilistika, ekspressivlik.Abstract
Ushbu maqolada ilmiy matnning shakllanishi, uning ijtimoiy va kommunikativ ehtiyojlar bilan bog‘liqligi, uslubiy xususiyatlari, til birliklaridan foydalanish xususiyati, sintaktik qurilishi, mantiqiy izchilligi, obyektivligi va ifodaning qat’iyligi keng tahlil qilinadi. Matnda ilmiy uslubning sotsiolingvistik, psixolingvistik va logik-lingvistik jabhalari hamda ilmiy matnni tashkil etuvchi gaplarning strukturaviy xususiyatlari yoritilgan. Ilmiy nutqda keng qo‘llaniladigan qo‘shma gaplar, kirish konstruktsiyalar, uyushiq bo‘laklar, aniqlovchi va ravishdoshlar orqali fikrni aniq va izchil ifodalash zarurligi asoslab beriladi. Shuningdek, ilmiy uslubning janrlar doirasidagi tafovutlari va zamonaviy ilmiy matn turlarining o‘ziga xos sintaktik belgilariga ham alohida e’tibor qaratiladi.