YOZMA TARJIMA KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHDA DIFFERENSIAL YONDASHUVNING DIDAKTIK IMKONIYATLARI
Keywords:
differensial yondashuv, yozma tarjima, tarjima ta’limi, yuqori bosqich talabasi, tarjima ko‘nikmasi, individual yondashuv, tarjima strategiyasi, tarjima sifatini baholashAbstract
Mazkur maqolada yozma tarjima ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonida differensial yondashuvdan foydalanishning didaktik asoslari va metodik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Yozma tarjima darslarini talabalarning til bilish darajasi, tarjima tajribasi, o‘rganish uslubi va individual qobiliyatlariga qarab moslashtirish orqali ta’lim samaradorligini oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, differensial yondashuv orqali yuqori bosqich talabalarining tarjima matni tahlili, tarjima strategiyasini tanlash va uslubiy moslashtirish bo‘yicha mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish yo‘llari ochib beriladi. Tadqiqotda yozma tarjima mashg‘ulotlari uchun differensial yondashuv asosida tayyorlangan mashqlar, o‘quv topshiriqlari va baholash mezonlari namunasi keltirilgan. Xulosa qismida differensial yondashuvning yozma tarjima ta’limi uchun innovatsion va natijador metod sifatida afzalliklari bayon etiladi (Tomlinson, 2014; Richards & Rodgers, 2001).