SANGZOR DARYOSI HAVZASINING TABIIY VA JUGʻROFIY OʻZIGA XOSLIKLARI
Keywords:
Sanzor daryosi, tabiiy-geografik sharoitlar, geomorfologiya, gidrologiya, iqlim, tuproqlar, ma daniy tuproqlar, o‘tloq tuproqlar, bo‘z tuproqlar, tog‘ jigarrang tuproqlar, och tusli qo‘ng‘ir tuproqlar, Jizzax viloyati, TurkistonAbstract
Sanzor daryosi havzasining tabiiy-geografik xususiyatlari, xususan, uning geologik, geomorfologik, gidrologik, iqlimiy va tuproq sharoitlari ushbu tadqiqotda atroflicha yoritilgan. Havza Turon fizik-geografik provinsiyasining O‘rtazarafshon okrugi sharqiy qismida joylashgan bo‘lib, Jizzax viloyatining Baxmal va G‘allaorol tumanlarini qamrab oladi. Geologik jihatdan, havza Alp burmalanishi davrida shakllangan bo‘lib, Sanzor daryosi dastlab Zarafshon daryosining o‘ng irmog‘i sifatida mavjud bo‘lgan, ammo keyinchalik Sirdaryo havzasi tomon yo‘nalishini o‘zgartirgan. Ge morfologik tuzilishi Molguzar va Turkiston tog‘ tizmalari orasidagi uchburchak shaklidagi joylashuvi bilan ajralib turadi. Gidrologik xususiyatlari qor-yomg‘ir aralash to‘yinishi va 2526 km² maydonni qamrab oluvchi suv yig‘uvchi havzasi bilan tavsiflanadi. Iqlimiy sharoitlar sub tropik xususiyatlarga yaqin bo‘lib, yuqori radiatsiya, quruq havo va mavsumiy harorat o‘zgarishlari bilan xarakterlanadi. Havzadagi tuproqlar mu rakkab relef, iqlim va o‘simliklar qoplamining xilma-xilligi tufayli turli xil bo‘lib, ma daniy, o‘tloq, bo‘z, tog‘ jigarrang va och tusli qo‘ng‘ir tuproqlar sifatida ta baqalana di. Ushbu tadqiqot havzaning tabiiy resurslarini o‘rganish va xo‘jalikda foydalanish imkoniyatlarini baholash uchun muhim ma’lumotlarni taqdim etadi.