TOK-SHOULAR FENOMENI: AUDITORIYA EHTIYOJLARI VA MEDIA MANIPULYATSIYA USULLARI
Keywords:
tok-shou, ommaviy auditoriya, auditoriya ehtiyojlari, media manipulyatsiya, televidenie, kommunikatsiya, OAV ta’siri, axborot maydoni, interaktivlik, ijtimoiy ta’sirAbstract
Tok-shoular zamonaviy O‘zbekiston va jahondagi ommaviy axborot vositalari muhitida eng ko‘p namoyon bo‘layotgan va dolzarb mavzulardan biriga aylangan. Ommaviy madaniyatning uzviy qismi sifatida tok-shoularning eng asosiy vazifasi auditoriyani jalb qilish va uni ma’lum ijtimoiy, siyosiy yoki ijtimoiy-psixologik manfaatlar yo‘lida yo‘naltirishdan iborat. Mahsus ssenariy asosida tayyorlanadigan, turli soha vakillari va mashhurlar ishtirokida tashkil etiladigan, muammolar yechimini ochiq-oydin tarzda muhokama qiladigan tok-shoular o‘zining ko‘lami, ta’siri va qamrovi bilan ajralib turadi. Tok-shoularning asosiy xususiyati, uni ko‘rayotgan vaqtda auditoriya o‘z ehtiyojlarini, qo‘rqinchlari va qadriyatlarini aniq ravishda his qilishi, shu orqali jamiyatda energiya va kayfiyat shakllanishi hamda uni boshqarish imkonining mavjudligidir. Ushbu tezisda Tok-shoular fenomeni: auditoriya ehtiyojlari va media manipulyatsiya usullari haqida ma'lumotlar berilgan.