10-11-SINFLARDA MASALA YECHISHDA SIMULYATSION DASTURLARDAN FOYDALANISH
Keywords:
simulyatsion dasturlar, fizik masalalar, masala yechish, virtual laboratoriyalar, o‘quvchilar, interaktiv ta'lim, amaliy mashqlarAbstract
Fizika fanini o‘qitishda simulyatsion dasturlardan foydalanish, o‘quvchilarga murakkab fizik masalalarni oson va samarali tarzda yechishga yordam beradi. Ushbu annotatsiya 10-11-sinf o‘quvchilarining fizika masalalarini yechishda simulyatsion dasturlardan qanday foydalanish mumkinligini, bu usulning o‘quv jarayonidagi ahamiyatini ko‘rsatadi. Simulyatsion dasturlar yordamida o‘quvchilar nafaqat nazariy bilimlarni mustahkamlashadi, balki turli xil amaliy masalalarni hal qilishda tajriba orttiradilar. Virtual laboratoriyalar va interaktiv ta'lim dasturlari o‘quvchilarga fizik jarayonlarni vizual tarzda kuzatish, tajribalar qilish va o‘z fikrlarini mustahkamlash imkonini beradi. Bunda dasturlar orqali o‘quvchilarga masalalarni interaktiv tarzda yechish, ularni kuzatish va tahlil qilish imkoniyatlari yaratilib, ta'lim jarayoni samarali bo‘ladi.