RAQAMLI ERKINLIK, ZAMONAVIY TAHDIDLAR VA HUQUQIY CHORALAR
Abstract
Ushbu maqolada raqamli erkinlik tushunchasi, uning ijtimoiy va huquqiy jihatlari, shuningdek, zamonaviy texnologiyalar bilan bog‘liq tahdidlar tahlil qilinadi. Maqolada xalqaro tajribalar asosida ushbu muammolarni bartaraf etish bo‘yicha samarali huquqiy choralar ko‘rib chiqiladi. Xususan, kiberxavfsizlikni mustahkamlash, fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish, internetda so‘z va axborot erkinligini ta’minlash uchun qonunchilikni takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.
Maqolaning asosiy maqsadi – raqamli erkinlik va xavfsizlik o‘rtasidagi muvozanatni saqlash, internetdan foydalanish madaniyatini rivojlantirish hamda raqamli muhitda inson huquqlarini himoya qilishning huquqiy asoslarini mustahkamlashga oid tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.