HARBIY NUTQNING ZAMONAVIY TILSHUNSOLIKDAGI O‘RNI VA O‘RGANISH TENDENSIYALARI

Authors

  • Normatov Haydar Zafar o’g’li PhD student / trainee teacher Uzbek State World Languages University Author

Keywords:

Harbiy nutq, zamonaviy tilshunoslik, fonopragmatika, harbiy buyruqlar, kommunikativ vazifa, tarjima, leksik xususiyatlar, korpus tahlili. Harbiy nutq zamonaviy tilshunoslikda maxsus register yoki funktsional uslub

Abstract

Mazkur maqolada harbiy nutqning zamonaviy tilshunoslikdagi o‘rni va uning o‘rganish tendensiyalari tahlil qilinadi. Harbiy soha uchun xos bo‘lgan buyruq shakllari, qisqalik, aniqlik va samaradorlik kabi xususiyatlar harbiy nutqning fonetik, leksik, grammatik va pragmatik darajalarda o‘ziga xosligini belgilaydi. Zamonaviy lingvistik tadqiqotlar harbiy nutqning kommunikativ funksiyalarini, xalqaro harbiy hamkorlikda tutgan o‘rnini va uni o‘rgatish strategiyalarini o‘rganishga katta e’tibor qaratmoqda. Ayniqsa, fonopragmatik yondashuv, korpus lingvistikasi va tarjima nazariyalari asosida harbiy matnlar va buyruqlarning tahlili dolzarb bo‘lib bormoqda. Ushbu maqola harbiy nutqning zamonaviy tilshunoslikdagi roli va uni chuqur o‘rganishning ahamiyatini yoritadi hamda kelajakdagi tadqiqotlar uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Downloads

Published

2025-08-02

Issue

Section

Articles

How to Cite

HARBIY NUTQNING ZAMONAVIY TILSHUNSOLIKDAGI O‘RNI VA O‘RGANISH TENDENSIYALARI. (2025). International Educators Conference, 24-29. https://econfseries.com/index.php/2/article/view/2597