SANGZOR DARYOSI HAVZALARI YUKSAK O‘SIMLIKLARI FLORASINING TAHLILI
Keywords:
oʻsimliklar qoplami, Sangzor daryosi, sistema, flora, tuproq, antropogen omillar, archazor, dorivor oʻsimliklarAbstract
Ushbu maqolada Sangzor daryosi havzasi oʻsimliklar qoplamining ahamiyati va ulardan oqilona foydalanish haqida yoritilgan boʻlib, Sangzor boʻylab qayir oʻsimliklarini muhofaza qilish, daryoning yirik irmoqlari suvlarini toza holda saqlash maqsadida ular boʻylab joylashgan qishloq va qoʻrgʻonlarni daryolar oʻzanidan qonunda belgilangan masofada joylashtirish zarur. Tuzilgan “Oʻsimliklar xaritasi” boshqa tuziladigan tematik xaritalar (landshaft, oʻrmon, dorivor oʻsimliklar, yaylovlar, еr resurslari va boshqalar) uchun reper vazifasini oʻtaydi. Bundan tashqari, rejalashtiruvchi tashkilotlar, oʻrmon, yaylov va oʻsimlik resurslarini tayyorlashda, rekonstruksiya qilishda, biologik xilma-xillik va genofondni muhofaza qilish tadbirlarini ishlab chiqishda foydalanishi mumkin.