XXI ASR PEDAGOGIKASI: INNOVATSION O‘QITISH USULLARI
Keywords:
Innovatsion usullar, pedagogika, ekologik yondashuv, ta’lim, ta‘lim nazariyasi.Abstract
Ushbu maqolada XXI asrda talabalarni o‘qitishning innovatsion usullari ko‘rib chiqiladi. Maqolaning maqsadi o‘qitishning innovatsion usullaridan foydalanish uchun didaktikadagi joriy o‘zgarishlarni umumlashtirish va pedagoglarning bu o‘zgarishlarni qanday tushunayotganini o‘rganishdir. Maqolada to‘rtta yo‘nalish ko‘rib chiqilgan: pedagogika mavzusining kengayishi, ta’limga ekologik yondashuv, raqamli avlod va sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar hamda ta’limdagi innovatsiyalar. Ta’lim nazariyasi, obrazli qilib aytganda, ikki darajaga ega. Makrodarajada “ta’lim-jamiyat” munosabatlarida markazsizlashtirish va xilma-xillashtirish, ta’limning xalqarolashuvi va raqamli texnologiyalarning joriy etilishi kuzatilmoqda. Mikrodarajada “pedagog-talaba” munosabatlarida an’anaviy va innovatsion usullarning faol uyg‘unlashuvi, faoliyatga asoslangan yondashuvning energiya-axborot muhiti yondashuvi bilan uyg‘unlashuvi, bilishning konstruktivizm va konnektivizm bilan uyg‘unlashuvi sodir bo‘lmoqda.