"OREGANO-AS" OZIQ-OVQAT QO’SHILMASI TARKIBIDAGI FARMAKO-TOKSIKOLOGIK XUSUSIYATLARINI O`RGANISH
Keywords:
Ma’lumki, oʻsimliklar dunyosi uchun universal boʻlgan vitaminlar, organik kislotalar, flavanoidlar, oshlovchi moddalar, fermentlar, alkoloidlar, glikozidlar,Abstract
Mamlakatimizda shifobaxsh oʻsimliklarni tadqiq qilish XX asrlarda yana rivojlana boshlandi. Jumladan, dunyoda koʻzga koʻringan yirik olim Akademik S.Yu. Yunusov va uning shogirdlari tomonidan yurtimiz florasidagi juda koʻplab tarkibida alkaloid saqlovchi oʻsimliklarning kimyoviy tarkibi tahlil qilingan. Olim tomonidan 1956-yilda Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti tashkil qilingan boʻlib, bugungi kunda ham koʻplab olimlar va tadqiqotchilar mamlakatimizdagi dorivor oʻsimliklarni kimyoviy tarkibi va ularni shifobaxshlik xususiyatlarini oʻrganish borasida tadqiqotlar olib bormoqdalar. Shuningdek, yurtimizdagi shifobaxsh oʻsimliklarni xossalarini oʻrganishda farmatsevt olimlar, S.S. Sahobiddinov va X.X. Xolmatov kabi professor va boshqa ilmiy hodimlar katta hissa qoʻshib kelmoqdalar. Maʼlumki, dorivor oʻsimliklarning aksariyati oʻzida toksik xususiyatlarga ega boʻlmagan biologik faol moddalar saqlaydi va turli kasalliklarni davolash uchun qoʻllaniladi.