TIL TIZIMI VA O‘ZBEK TILShUNOSLIGINING DOLZARB MASALALARI

Authors

  • Gayubova Komila Anvarovna katta o‘qituvchi Author
  • Yulanova Nargiza Davlatovna katta o‘qituvchi Author

Abstract

Hozirgi kunda tilning ma’lum elementlarning o‘zaro munosabatidan tashkil topgan tizim va uning tarkibiga kirgan har qanday birlik ma’lum tuzilishga ega ekanligi barcha tilshunoslar tomonidan e’tirof etildi. Tilshunoslikda tilni tizim sifatida o‘rganishning joriy qilinishi tadqiqotchi uchun yangidan-yangi imkoniyatlar yaratdi. Tizim tilshunoslik nuqtai nazaridan har qanday lisoniy belgi ikki xil xususiyatga ega. Ularning birinchisi mutlaq xususiyat bo‘lib, tizimga kirgunga qadar ham lisoniy belgida mavjud bo‘ladi. Bu xuusiyatlar bevosita kuzatish bosqichida shu belgining o‘ziga mansub fizik-fiziologik xossasida ko‘rinib turadp. Lisoniy belgining ikkinchi xususiyati esa faqat sistemada bir lisoniy belgining ikkinchi lisoniy belgiga munosabati orqali aniqlanadi. Predmet o‘zining xususiyatlaridan tashqarida mavjud bo‘lmaganidek, uning xususiyati ham bu predmetning boshqa predmet bilan munosabatidan tashqarida yashay olmaydi. Masalan, yerning tortish quvvati shu predmetning o‘ziga xos xususiyati. Lekin bu predmetning tortishi uchun boshqa predmet bo‘lmasa, uning tortish xususiyati «yashirin»ligicha qolaveradi.

Downloads

Published

2025-02-04

Issue

Section

Articles

How to Cite

TIL TIZIMI VA O‘ZBEK TILShUNOSLIGINING DOLZARB MASALALARI. (2025). International Educators Conference, 254-257. https://econfseries.com/index.php/2/article/view/657