ADABIYOT FANIDA O‘QUVCHILARDA TANQIDIY FIKRLASH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
Keywords:
tanqidiy fikrlash,Abstract
Ushbu tezisda adabiyot fanida o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi o‘rganiladi. Tanqidiy fikrlash — bu badiiy asarni tahlil qilish, uning mazmunini, tuzilishini, obrazlarini va muallifning maqsadini chuqur anglashga qaratilgan faoliyatdir. O‘quvchilarda tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda, adabiyot darslarida o‘quvchilarga nafaqat asarlarni zavq bilan o‘qishni, balki ularni baholash va tahlil qilishni ham o‘rgatish zarur. Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish uchun, turli metodlar va yondoshuvlar, jumladan, asarlarni guruh muhokamalarida tahlil qilish, o‘quvchilarning fikrlarini erkin ifodalash imkoniyatlarini yaratish muhim ahamiyatga ega. Misol sifatida, o‘zbek adabiyotining buyuk namoyandalaridan biri bo‘lgan Abdulla Qodiriyning "O‘tkan kunlar" asarini keltirish mumkin. Ushbu asar, o‘quvchilarga nafaqat o‘tgan davrni, balki inson ruhiyatini va ijtimoiy-madaniy muhitni chuqur o‘rganish imkoniyatini beradi. "O‘tkan kunlar" asarida, o‘quvchilarga personajlar o‘rtasidagi munosabatlarni tahlil qilish, ularning qarorlarini baholash va ular tomonidan amalga oshirilgan harakatlarning ijtimoiy va shaxsiy oqibatlarini ko‘rsatish zarur. Misol uchun, asar qahramonlaridan birining o‘zining orzu-umidlariga erishish uchun tanlagan yo‘li va uning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligi haqidagi savollar o‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni rivojlantiradi.