BARQAROR RIVOJLANISH PARADIGMASINING EVOLYUTSIYASI: NAZARIY-KONTSEPTUAL ASOSLARNING TAHLILI
Keywords:
Исломов Шохджахон Шерзод угли (магистр Ташкентского государственного юридического университета)Abstract
Ushbu tadqiqot barqaror rivojlanish paradigmasining tarixiy evolyutsiyasini va Barqaror rivojlanish maqsadlarining (BRM) xalqaro huquqiy tizimdagi o'rnini chuqur tahlil qiladi. Maqolada paradigmaning 1960-yillardan hozirgi kungacha bo'lgan to'rt asosiy rivojlanish bosqichi o'rganilgan: ekologik ongning uyg'onishi (1960-1980), kontseptual asoslarning mustahkamlanishi (1980-2000), maqsadga yo'naltirilgan yondashuv (2000-2015) va universal maqsadlar davri (2015-hozir). Tadqiqotda BRMlarning “Soft law” normalari sifatidagi huquqiy tabiati, legitimlik asoslari va amaliy samaradorligi masalalari tahlil qilingan. Muallif BRMlarning xalqaro huquqda amaliyot orqali “Soft law” paradigmasini yaratganini va global boshqaruvda o'zgartiruvchi ta'sir ko'rsatganini ta'kidlaydi.