USMON AZIM IJODIDA G‘AZAL JANRI
Keywords:
aruz, g‘azal, muxammas, murabba’, adabiy an’ana, mubolag‘a, tazod, nido, bayt, musajja’, taxallus.Abstract
Ma’lumki, zamonaviy o‘zbek she’riyatining yetakchi vakili Usmon Azim ijodi erkin ifoda tarzi, janr-shakl rang-barangligi bilan o‘ziga xos. Shoir she’riyatida XX asr boshlarida rus adabiyoti orqali kirib kelgan erkin, oq she’r namunalari, stans, ayniqsa, ballada janridagi badiiy yuksak darajadagi ko‘pgina she’rlarni uchratish mumkin. Bu esa ijodkorning hamisha izlanuvchan bo‘lganligi, jahon she’riyati andozalariga loyiq asarlar yaratishga intilib kelganligidan dalolat beradi. Ammo shoir umumijodiga nazar tashlansa, uning folklor va mumtoz poetik an’analarning ham munosib davomchisi bo‘lganligi, xususan, g‘azal, muxammas, murabba’ kabi janrlarning mumtoz mezonlarga mos namunalarini yaratganligini ko‘rish mumkin. Mazkur maqola shoirning ilmiy jamoatchilikda yetarli darajada yoritilmagan asarlari –g‘azallari tahlil va talqinlariga bag‘ishlanadi.