HOZIRGI KUNDA O‘ZBEKISTONDA MENEJMENT AMALIYOTI: MUAMMOLAR VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
Keywords:
Menejment, boshqaruv tizimi, O‘zbekiston, rivojlanish istiqbollari, muammolar, innovatsion menejment, davlat boshqaruvi, strategik rejalashtirish, iqtisodiy islohotlar.Abstract
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida menejment amaliyotining hozirgi holati, mavjud muammolari va rivojlanish istiqbollari tahlil qilinadi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida boshqaruv tizimining yangilanishi, davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlik, shuningdek, raqamli texnologiyalarni joriy etish kabi omillar menejment sohasining rivojlanishiga zamin yaratmoqda. Shu bilan birga, ilmiy asoslangan boshqaruv konsepsiyalarining yetishmasligi, kadrlar malakasining pastligi, byurokratik to‘siqlar va innovatsion yondashuvlarning sekin joriy qilinishi kabi muammolar ham mavjud. Maqolada zamonaviy menejment yondashuvlari, xorijiy tajribalar, shuningdek, O‘zbekistonda milliy menejment modelini shakllantirish zarurati haqida fikr yuritiladi.