XORIJIY TIJORAT TASHKILOTLARI FILIALLARINING FAOLIYATINI RO’YXATDAN O'TKAZISH VA LITSENZIYALASH
Keywords:
Xorijiy tijorat tashkilotlari, filial, ro‘yxatdan o‘tkazish, litsenziyalash, investitsiya, huquqiy asos, iqtisodiy xavfsizlik, raqamlashtirish, “bir darcha” tamoyili, huquqiy muhit, O‘zbekiston, qonunchilik.Abstract
Ushbu tezisda O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tijorat tashkilotlari filiallarining ro‘yxatdan o‘tkazish va litsenziyalash tartib-taomillari, amaldagi qonunchilik asoslari, jarayonlarning bosqichlari va ularda uchrayotgan amaliy muammolar yoritilgan. Xorijiy filiallarning faoliyati mamlakat iqtisodiy salohiyatini oshirish, investitsiyalarni jalb qilish va texnologik rivojlanishni ta’minlashda muhim omil sifatida ko‘rsatiladi. Shu bilan birga, tadqiqotda davlat va biznes o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash maqsadida “bir darcha” tizimining kengaytirilishi, raqamlashtirish va litsenziyalash jarayonlarini soddalashtirish zarurligi ta’kidlangan. Tezisda xorijiy filiallarning huquqiy maqomi, faoliyatni boshlash uchun zarur hujjatlar, litsenziyalash talablari hamda mavjud muammolar va takomillashtirish bo‘yicha takliflar batafsil tahlil qilingan.