TELEVIDENIEDA MILLIY QADRIYAT

Authors

  • Kamola Sobitjonova Toshkent shahar o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasining matbuot kotibi rahbari Author

Keywords:

So‘nggi yillarda televidenieda milliy qadriyatlarning yoritilishi mustaqillik g‘oyalari asosida shakllana boshladi.

Abstract

“O‘zbekiston” telekanalida milliy qadriyatlar mavzusidagi ko‘rsatuvlar tahlil qilingan. O‘zbek milliy qadriyatlar tarixi, ijtimomiy ahamiyati va hozirgi davrdagi holati ko‘rsatuvlarda o‘rganilgan. Milliy qadriyatlar mavzusida ko‘rsatuvlar tayyorlashda jurnalist mahorati va dunyoqarashiga baho beriladi. Ilmiy ishda milliy qadriyatlarimiz asosida yaratilgan adabiyot va san’at asarlari yoshlarimizni tarbiyalashdagi ahamiyatiga qaratilgan. Dunyo miqyosida globallashuv jarayonlari kuchayib, mamlakatimizga ommaviy madaniyat ko‘rinishdagi ajdodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan qadimiy meros, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash bugunning dozarb vam muhim masalalaridan biriga aylandi. Milliy mentalitetimiz, urf-odatlarimizga zid bo‘lgan videofilm, pornografik, audiovizual materiallarning kirib kelayotgan bir paytda mustaqillik tufayli unitilayotgan milliy qadriyatlarimizga e’tibor qaratilib, uning omma orasidagi targ‘iboti kuchaydi. Ayniqsa, OAV ichida o‘zining jonli ovozi, tasviri va boshqa sintetik xususiyatlari bilan ta’sirchanhisoblangan televideniyeda bu sohada samarali ishlar olib borilmoqda. Dissertatsiya obekti "O‘zbekiston" telekanali orqali milliy qadryatlarga bag‘ishlab namoyish etilgan ko‘rsatuvlarni tahlil qilgan holda, bu boradagi yutuqlar haqida batafsil so‘z yuritadi. Shuningdek, u yechimini kutib yotgan muammolar haqida ham atroflicha o‘rganib, ko‘rsatuvlar tahlili kuzatishlari asosida ma’lum kamchilik mavzuni yoritish borasidagi muammolarni bartaraf etish uchun yana qaysi jihatlarga e’tibor berish lozimligi haqidagi taklif, tavsiyalarni beradi.

Downloads

Published

2025-04-23

Issue

Section

Articles

How to Cite

TELEVIDENIEDA MILLIY QADRIYAT. (2025). International Conference on Economics, Finance, Banking and Management , 327-329. https://econfseries.com/index.php/6/article/view/1458