A. L. QOZONCHINING BADIIY MAHORATI VA UNING O‘ZBEKCHA TARJIMALARIDA AKS ETISHI

Authors

  • Jurаqulоv Quvоnchbek Nаim o‘g‘li TDSHU vа O‘zJOKU stаjyоr-o‘qituvchisi Author

Keywords:

bаdiiy tаrjimа, аsliyаt mаtn, tаrjimа mаtni, ijodiy yondаshuv, turg‘un iborаlаr, mаqol, idiomа, аldoqchi so‘zlаr, tаrjimаshunoslik, muаllif uslubi.

Abstract

Ahmad Lutfi Qozonchining "O‘gay ona" asari tarjimalarini tahlil qiluvchi ushbu maqola badiiy asar tarjimasining nozik jihatlari va tarjimon mahoratining muhimligini atroflicha yoritadi. Maqolada o‘quvchining asar bilan ruhiy bog‘liqligi, yozuvchi va tarjimonning ijodiy jarayondagi o‘rni ta’kidlanadi. Muallif tarjimonda ikki tilni chuqur bilish, ijodkorlik iste’dodi va badiiyat qonun-qoidalarini tushunish shart ekanligini olimlarning fikrlariga tayanib asoslaydi. Maqolada Ahmad Lutfi Qozonchining uslubiy xususiyatlari, xususan, asar tilining soddaligi, arxaik so‘zlardan foydalanishi, kinoya va ma’no ko‘chirishlarning kamligi hamda o‘xshatishlarga moyilligi misollar orqali ko‘rsatib berilgan. Tarjima jarayonida yuzaga keladigan muammolar va muvaffaqiyatli yechimlar tahlil qilinadi. Jumladan, iboralar, maqollar, o‘xshatishlar va personajlar nutqini tarjima qilishdagi aniqlik, qisqartirish usulining oqibatlari atroflicha muhokama qilinadi. Ba’zi tarjimalarda asliyatdagi ma’no, uslub va badiiy mahoratning to‘liq aks etmagani, shuningdek, milliy o‘ziga xoslikning saqlanmaganligi tanqidiy tahlil qilinib, muqobil tarjima variantlari taklif etiladi.

Downloads

Published

2025-05-22

Issue

Section

Articles

How to Cite

A. L. QOZONCHINING BADIIY MAHORATI VA UNING O‘ZBEKCHA TARJIMALARIDA AKS ETISHI. (2025). International Conference on Economics, Finance, Banking and Management , 94-108. https://econfseries.com/index.php/6/article/view/1769