KON-METALLURG TEXNOGEN XOMASHYOLARDAN TITAN AJRATIB OLISH TEXNOLOGIYASINI TADBIQ QILISH BO’YCHA NAZARIY KO’RSATGICHLAR
Keywords:
Titan, texnogen xomashyolar, gidrometallurgiya, pirometallurgiya, elektrokimyo, texnologik tahlil, qayta ishlash, metallurgiya chiqindilari, innovatsion texnologiya, resurs tejash.Abstract
Ushbu ilmiy ishda kon-metallurg texnogen xomashyolardan titan (Ti) ajratib olish texnologiyasining nazariy asoslari, texnologik bosqichlari va ularni O‘zbekiston sanoatida joriy etish imkoniyatlari keng yoritilgan. Titan — yuqori texnik xususiyatlarga ega metall bo‘lib, uning ishlab chiqarish jarayoni ko‘p bosqichli va energiya talabchan. Texnogen chiqindilar (metallurgik shlaklar, changlar, kvarsitlar, ilmenit va rutil konsentratlari) titan manbai sifatida qayta ishlanishi mumkin. Ishda gidrometallurgik, pirometallurgik va elektrokimyoviy usullar tahlil qilinib, ularning afzalliklari va kamchiliklari nazariy jihatdan asoslab berilgan. Shuningdek, texnologik jarayonlarni ekologik va iqtisodiy nuqtayi nazardan optimallashtirish yo‘nalishlari keltirilgan.