YASHIL IQTISODIYOT VA INVESTITSIYALAR: EKOLOGIK BARQARORLIKKA ERISHISHDA MOLIYAVIY MEXANIZMLAR

Authors

  • Ilmiy rahbar: Ibragimov G‘anijon G‘ayratovich Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qo'shma ta'lim dasturlarini muvofiqlashtirish markaziboshlig'I, Innovatsion Menejment kafedrasi dotsenti Phd Author
  • Abduraxmanov Orifjon Raxmatjon o‘g‘li TDIU, Menejment fakulteti, Korporativ boshqaruv yo‘nalishi 4-bosqich KB-61 guruh talabasi Author

Keywords:

yashil iqtisodiyot, investitsiyalar, ekologik barqarorlik, moliyaviy mexanizmlar, qayta tiklanuvchi energiya, yashil obligatsiyalar.

Abstract

Ushbu tadqiqotda yashil iqtisodiyotning rivojlanishida investitsiyalarning ahamiyati hamda ekologik barqarorlikka erishishda moliyaviy mexanizmlarning roli tahlil qilinadi. So‘nggi yillarda iqlim o‘zgarishi va ekologik inqiroz global iqtisodiy taraqqiyotga jiddiy tahdid tug‘dirayotganligi sababli, an’anaviy iqtisodiy modellarni yangilash zarurati yuzaga kelmoqda. Maqolada xalqaro tajriba, jumladan, Yevropa Ittifoqi, Skandinaviya mamlakatlari hamda Osiyo davlatlari misolida yashil investitsiyalarni moliyalashtirish mexanizmlari solishtirma tahlil qilinadi. Tadqiqot metodologiyasi sifatida statistik ma’lumotlar, xalqaro moliyaviy institutlarning hisobotlari hamda normativ-huquqiy hujjatlar tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, yashil obligatsiyalar, davlat subsidiyalari, xalqaro moliyaviy institutlar va xususiy kapital oqimlari yashil iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishda eng samarali moliyaviy vositalardir. O‘zbekiston misolida esa qayta tiklanuvchi energiya loyihalarini moliyalashtirish, “Yashil makon” tashabbusi va investitsiya oqimlari tahlil qilindi. Xulosa o‘rnida, moliyaviy mexanizmlarning samarali qo‘llanilishi ekologik barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish va xalqaro integratsiyani kuchaytirishda hal qiluvchi omil ekanligi ta’kidlandi.

Downloads

Published

2025-10-23

Issue

Section

Articles

How to Cite

YASHIL IQTISODIYOT VA INVESTITSIYALAR: EKOLOGIK BARQARORLIKKA ERISHISHDA MOLIYAVIY MEXANIZMLAR. (2025). International Conference on Economics, Finance, Banking and Management , 194-205. https://econfseries.com/index.php/6/article/view/3181