TAJRIBADA ETIL SPIRTIDAN ZARARLANGAN YURAKKA ZAYTUN MOYINING DETOKSIKATSION TA’SIRINI SOLISHTIRMA BAHOLASH
Keywords:
Etanol spirti, obekti sifatida 3 oydan 12 oylikkacha bo‘lgan 167 ta zotsiz oq kalamushlarda olingan.Abstract
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 yanvardagi PQ-103-son «Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish va davolash sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida», 2020 yil 12 dekabrdagi PQ-4891-son «Tibbiy profilaktika ishlari samaradorligini yanada oshirish orqali jamoat salomatligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida», 2021 yil 25 maydagi PQ-5124-son «Sog‘liqni saqlash sohasini kompleks rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida», gi Qarori hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.Mamlakatimizda tibbiyot sohasini rivojlantirish, tibbiy tizimni jahon andozalari talablariga moslashtirish, jumladan, yurak qon-tomir tizimi kasalliklari va ularning asoratlarini kamaytirishga qaratilgan muayyan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu bo‘yicha 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan yangi o‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risidagi prezident farmonida 100 ta maqsad ko‘rsatilgan bo‘lib, bulardan 11 tasi (55dan 66 gacha) tibbiyotga bag‘ishlangan. Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining yettita ustuvor yo‘nalishiga muvofiq aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasini yangi bosqichga ko‘tarishda «birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatida aholiga malakali xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash» kabi vazifalar belgilangan.