RAQAMLASHTIRISH VA TURKIY TILLAR TARAQQIYOTI
Keywords:
raqamlashtirish, turkiy tillar, til taraqqiyoti, sun'iy intellekt, ma'lumotlar bazalari, tarmoqlar, til resurslari, onlayn o'qitish, lingvistika, texnologik inqilob, raqamli muhit, tilni o'rganish, dasturiy ta'minot, tilni saqlash, tillararo aloqalar.Abstract
Raqamlashtirish va turkiy tillar taraqqiyoti sohalari o'rtasidagi o'zaro aloqalar zamonaviy jamiyatda katta ahamiyat kasb etmoqda. Raqamli texnologiyalar, ayniqsa, sun'iy intellekt, ma'lumotlar bazalari va tarmoqlar, turkiy tillarning rivojlanishiga ta'sir ko'rsatib, ularni yangi texnologiyalar va resurslar bilan boyitmoqda. Raqamlashtirish jarayoni turkiy tillarining o'ziga xos xususiyatlarini saqlab qolish, tilni yanada kengroq tarqatish, hamda turli onlayn resurslar va dasturlar orqali o'qitish va o'rganishga yordam beradi. Shu bilan birga, turkiy tillarning raqamli muhitda ishlatilishini kengaytirish uchun mutaxassislar, lingvistlar va dasturchilar birgalikda ishlashlari kerak. Ushbu maqolada raqamlashtirish jarayonining turkiy tillarning taraqqiyotiga qo'shgan hissasi, uning imkoniyatlari va qiyinchiliklari tahlil qilinadi.