ALDESTERONING BIOLOGIK AHAMIYATI
Abstract
Hozirgi kunda yurak-qon tomir kasalliklari, ayniqsa gipertoniya va buyrak faoliyatining buzilishi global sog‘liqni saqlash muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bu kasalliklarning rivojlanishida gormonlar, xususan, aldosteronning roli nihoyatda muhim hisoblanadi. Ushbu gormon organizmdagi suv-tuz muvozanatini boshqarishda bevosita ishtirok etadi va qon bosimini tartibga soladi. Shuning uchun aldosteronning fiziologik va patologik ahamiyatini o‘rganish nafaqat tibbiy diagnostika, balki samarali davolash usullarini ishlab chiqishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy tibbiyotda aldosteron darajasini nazorat qilish yurak va buyrak kasalliklarining oldini olishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Shu sababli, bu mavzu ilmiy-tadqiqot ishlari uchun ham, amaliy tibbiyot uchun ham dolzarb hisoblanadi.