TALABALARGA DASTURLASHNI O'RGATISHDA SUN'IY INTELLEKTNI QO'LLASH TЕZIS
Keywords:
sun’iy intellekt, dasturlash ta’limi, interaktiv dars, AI texnologiyalari, avtomatik tahlil, individual yondashuv, o‘quv monitoringi, kod yozish algoritmlariAbstract
Bugungi raqamli asrda dasturlashga bo‘lgan ehtiyoj kun sayin ortib borayotgan bir vaqtda, an’anaviy o‘quv yondashuvlari talabalarni zamonaviy texnologik muhitga to‘laqonli tayyorlay olmaydi. Shunday bir muhitda sun’iy intellekt texnologiyalarini ta’lim jarayoniga integratsiyalash – o‘quvchilarning nafaqat bilim darajasini, balki mustaqil fikrlash, algoritmik tafakkur va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini sezilarli darajada rivojlantiradi. Bu tezisda talabalarga dasturlashni o‘rgatishda AI (sun’iy intellekt) yordamida interaktiv darslar, avtomatik tahlilchi tizimlar, kod yozishdagi real vaqtli maslahatlar va moslashtirilgan o‘quv yo‘nalishlaridan foydalanish samarasi yoritiladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, AI yordami bilan o‘qitilgan guruhda o‘zlashtirish darajasi 38 foizga yuqori bo‘lgan, bu esa sun’iy intellekt dasturlarini ta’limga joriy etish zaruriyatini tasdiqlaydi.