XALQARO ISO STANDARTLARINING QO‘LLANILIShI MAHALLIY SHAHARSOZLIK FAOLIYATI MISOLIDA
Keywords:
Standartlashtirish, ISO, TQ, Katalogi (ISO Catalogue), ISO Bulletin, Strategiyasi, Muxandislik-geologik, ISO/TMBG TQ, Halqaro standartlar, (ISO, HEK va boshqalar), Davlatlararo standartlar (GOST), Milliy standartlar, loyixalash.Abstract
Xalqaro standartlarni mahalliy mahsulotlarni ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonida qo‘llanilishi raqobatbardoshlikni ta’minlaydi, ISO ga a’zo davlatlar esa texnik qo‘mitalar faoliyatida faol ishtirok etish orqali o‘z manfaatlarini ximoya qilishga va xalqaro me’yoriy xujjatlarni o‘zlarida joriy etishga erishadilar. Xalqaro standartlar, asosan, maxsulotlarni inson xayoti va sog‘lig‘iga, atrof-muxitga xavfsizligi, o‘zaroalmashuvchanlik va texnik mosliligi talablarini va sinov uslublarini o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.03.2020 yildagi PF-5963-sonli Farmonida O‘zbekiston Respublikasi hududida milliy me’yoriy hujjatlar bilan bir vaqtda shaharsozlik faoliyati sohasida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi xorijiy me’yoriy (xususan,xalqaro) hujjatlar qo‘llanilishi kerakligi belgilangan.