BOSHLANĞICH SINF ÕQUVCHILARI TARBIYASIDA OTA-ONALAR BILAN HAMKORLIKNI TASHKIL ETISH METODIKASI
Keywords:
muammolar, metodlar, ta'lim-tarbiya, оdob-ahloq, ota-onalar bilan hamkorlik.Abstract
Zamonaviy ta’lim jarayonida o‘qituvchi va ota-onalar o‘rtasidagi hamkorlikning samaradorligi o‘quvchilarning nafaqat bilim olishiga, balki ijtimoiy-psixologik rivojlanishiga ham ta’sir qiladi. An’anaviy usullardan tashqari, innovatsion yondashuvlar bugungi kunda ota-onalar va o‘qituvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda. Boshlang‘ich ta’lim bolalar tarbiyasida muhim bosqich bo‘lib, o‘quvchilarning intellektual, axloqiy va ijtimoiy rivojlanishiga asos soladi. Ushbu jarayonni samarali tashkil etishda o‘qituvchi va ota-onalar o‘rtasidagi hamkorlik hal qiluvchi ahamiyatga ega. O‘qituvchining faqat sinfda olib boradigan ishlari bilan chegaralanmasdan, oilani tarbiya jarayoniga jalb qilish orqali ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish mumkin. Ushbu maqola boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tarbiyasida ota-onalar bilan innovatsion va amaliy hamkorlik usullarini ko‘rib chiqadi.