SURDOPEDAGOGLARNING KASBIY KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR VA USULLAR
Keywords:
Surdopedagogika, Kasbiy kompetensiya, Zamonaviy texnologiyalar, Ta'lim metodikalari, Interaktiv ta'lim, Mobil ilovalar, Eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar, Innovatsion usullarAbstract
Surdopedagoglarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishda zamonaviy texnologiyalar va usullar muhim ahamiyatga ega. Eshitish qobiliyati cheklangan shaxslarni ta'lim olishda qo'llaniladigan innovatsion yondoshuvlar, metodikalar va texnologiyalar pedagoglarning malakasini oshirishda samarali vosita sifatida xizmat qiladi. Zamonaviy texnologiyalar, xususan, interaktiv ta'lim platformalari, mobil ilovalar, virtual darslar va qo'llanma tizimlari surdopedagoglarning ta'lim sifatini yaxshilashda yordam beradi. Ushbu texnologiyalar o'quvchilarga o'zgaruvchan sharoitda o'qish imkoniyatlarini taqdim etib, pedagoglarga o'z ishlarini ancha samarali va interaktiv tarzda amalga oshirishga imkon yaratadi. Surdopedagoglar uchun zarur bo'lgan kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishda texnologiyalardan foydalanish o'quvchilarning bilimlarini kengaytirishga va ijtimoiy integratsiyasini ta'minlashga xizmat qiladi.