TAʼLIM TIZIMIDA RAHBAR XODIMLARNI BOSHQARISHNING PSIXOLOGIK MUAMMOLARI

Authors

  • Sultonova M. S. Magistrant, Toshkent shahridagi Puchon universiteti Author
  • Xalimova M. V. Ilmiy raxbar, Psixologiya fanlari doktori(DSc) Author

Keywords:

Psixologik muammolar, taʼlim rahbariyati, motivatsiya, kommunikatsiya, konfliktlar, psixologik xavfsizlik, stress, boshqaruv uslubi, emotsional intellect, shaxsiy va professional rivojlanish

Abstract

Ushbu matnda taʼlim tizimida rahbarlarning xodimlarni boshqarishda duch keladigan asosiy psixologik muammolari tahlil etilgan. Muallif boshqaruv jarayonida yuzaga keladigan jamoa ichidagi ziddiyatlar, motivatsiya pastligi, muloqotdagi muammolar, boshqaruv uslublaridagi notekislik, psixologik xavfsizlikning yetishmasligi, konfliktlar, stress, rahbarning professional rivojlanishidagi cheklovlar, o‘zgarishlarga qarshilik kabi holatlarni yoritadi. Har bir muammo taʼlim jarayonining samaradorligiga salbiy taʼsir ko‘rsatishi, rahbarning psixologik salohiyatiga va yondashuviga bog‘liq holda hal etilishi mumkinligi ta’kidlanadi. Muallif ilmiy manbalar (Yusupova, Robbins, Umanskiy, Xolmatov, Bodalev, Fullan) asosida muammolarga yechim sifatida individual yondashuv, empatiya, ochiq muloqot, emotsional intellekt va strategik tayyorgarlikni ilgari suradi. Xulosa sifatida, taʼlim rahbarining muvaffaqiyatli faoliyati uchun psixologik bilim va ko‘nikmalar zarurligi alohida qayd etiladi.

Downloads

Published

2025-05-25

Issue

Section

Articles

How to Cite

TAʼLIM TIZIMIDA RAHBAR XODIMLARNI BOSHQARISHNING PSIXOLOGIK MUAMMOLARI. (2025). International Conference on Multidisciplinary Sciences and Educational Practices, 165-170. https://econfseries.com/index.php/7/article/view/1816