“O‘ZBEKISTONDA STATISTIK TIZIMNING BOSQICHMA-BOSQICH SHAKLLANISHI VA MODERNIZATSIYASI”

Authors

  • A.Aysachev Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Andijon fakulteti “Mutaxasisslik, ijtimoiy – gumanitar va aniq fanlar“ kafedrasi dotsent i.f.f.d., (PhD) Author
  • S. Saparmatova Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Andijon fakulteti “Bank ishi va audit yo’nalishi” 2-kurs talabasi Author

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekistonda statistik tizimning mustaqillikdan keyingi davrda shakllanishi va rivojlanish bosqichlari tahlil qilinadi. 1992-yilda “O‘zqistiqbolstat” Davlat qo‘mitasining tashkil etilishi, keyinchalik Milliy hisoblar tizimining joriy qilinishi, narxlar, mehnat, moliya va savdo statistikalarining qayta shakllantirilishi hamda yagona korxona registrining yaratilishi mamlakatda statistik boshqaruvning yangi tizimini shakllantirganligi yoritiladi. Shuningdek, 2017–2021-yillarda statistika faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining amalga oshirilishi, xalqaro standartlar va tasniflagichlar asosida statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirish jarayoni ko‘rib chiqiladi. Maqolada milliy statistikaning xalqaro tizimga integratsiyalashuvi, ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini joriy etish orqali davlat boshqaruvining samaradorligini oshirishdagi ahamiyati tahlil qilinadi.

Downloads

Published

2025-09-24

Issue

Section

Articles

How to Cite

“O‘ZBEKISTONDA STATISTIK TIZIMNING BOSQICHMA-BOSQICH SHAKLLANISHI VA MODERNIZATSIYASI”. (2025). International Conference on Multidisciplinary Sciences and Educational Practices, 51-58. https://econfseries.com/index.php/7/article/view/2896