MASOFAVIY TA’LIM TIZIMIDA INFORMATIKA FANINI O‘QITISHNING AFZALLIKLARI VA MUAMMOLARI

Authors

  • Iminjonova Sarvinoz Islombek qizi Namangan viloyati Norin tumani 9-maktab 2-toifali informatika fani oʻqituvchisi Magistr Author

Keywords:

masofaviy ta’lim, informatika, muammo, yechim, onlayn platformalar, fan, mashg'ulot

Abstract

So‘nggi yillarda zamonaviy texnologiyalar, raqamli qurilmalar va internetning rivojlanishi natijasida masofaviy ta’lim tizimining imkoniyatlari sezilarli darajada kengaydi. Shu bilan birga, informatika fanining ahamiyati ham ortib bormoqda. Informatika fani birgina dasturlash yoki kompyuter dasturlari bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantiribgina qolmay, balki raqamli savodxonlik, axborot bilan ishlash madaniyati va texnologik tafakkurni rivojlantiradi. Mazkur fan o‘quvchilarning kelajakdagi hayot faoliyati, kasb tanlovi va zamonaviy infokommunikatsion muhitda samarali ishlashi uchun zarur bo‘lgan ko‘plab bilim va ko‘nikmalarni shakllantiradi. Ushbu tezisda Masofaviy ta’lim tizimida informatika fanini o‘qitishning afzalliklari va muammolari haqida ma'lumotlar berilgan.

Downloads

Published

2025-10-24

Issue

Section

Articles

How to Cite

MASOFAVIY TA’LIM TIZIMIDA INFORMATIKA FANINI O‘QITISHNING AFZALLIKLARI VA MUAMMOLARI. (2025). International Conference on Multidisciplinary Sciences and Educational Practices, 111-115. https://econfseries.com/index.php/7/article/view/3212