TOSHKENT SHAHRINING XALQARO TURIZM MARKAZI SIFATIDAGI STRATEGIK ROLI
Keywords:
Toshkent, xalqaro turizm, strategik rol, turistik salohiyat, infratuzilma, investitsiya, innovatsion rivojlanish, hududiy resurslar, madaniy meros, transport kommunikatsiyalari.Abstract
Toshkent shahri Oʻzbekiston Respublikasining siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi boʻlishi bilan bir qatorda, xalqaro turizm sohasida ham muhim strategik rolga ega boʻlgan shaharlardan biridir. Ushbu shahar strategik geografik joylashuvi, boy tarixiy va madaniy merosi, rivojlangan infratuzilmasi, zamonaviy me’moriy qiyofasi va qulay transport aloqalari bilan xalqaro turizm markaziga aylanish imkoniyatiga ega. Toshkent shahri va uning atrof hududlari qadimdan savdo yo'llari chorrahasi, madaniyatlar va sivilizatsiyalar tutashgan makon boʻlgan. Shu sababli, bugungi kunda ham bu shaharning xalqaro turizm markazidagi oʻrni beqiyosdir. Ushbu tezisda Toshkent shahrining xalqaro turizm markazi sifatidagi strategik roli haqida ma'lumotlar berilgan.