O'TKIR LEYKOZ KASALLIGIDA KLINIK VA MORFOLOGIK O'ZGARISHLARNI TAHLIL QILISH
Abstract
O‘tkir leykemiya (O’L) — suyak iligining o‘sma kasalligi bo‘lib, xalq orasida ko‘pincha “qon saratoni” deb ataladi. Bu kasallik tabiiy kechish jarayonida ko‘pincha o‘lim bilan yakunlanadi. Malign neoplazmalar va o‘sma rivojlanishiga moyillik hujayra bo‘linishi, hujayra apoptozi va DNK eksizyonini ta’mirlashni nazorat qiluvchi genlarning allel variantlari bilan bog‘liq bo‘ladi. O‘tkir leykemiyaning miyeloid va limfoid shakllari orasidagi o‘rtacha nisbat 6:1 ni tashkil qiladi. 40 yoshdan oshgan kattalar orasida holatlarning 80 foizi miyeloid shaklga to‘g‘ri kelsa, bolalarda 80–90 foiz holatlar limfoid shakl bilan tavsiflanadi.O‘tkir leykemiya turli xil klinik ko‘rinishlarga ega bo‘lib, ularning og‘irligi bemorning umumiy ahvoli va kasallikning kechish darajasini belgilaydi.