TURIZM STATISTIKASI ASOSIDA FARG‘ONA VODIYSINING TURISTIK RIVOJLANISHINI TAHLIL QILISH

Authors

  • Mamatazizov Faryozbek Paxlavon o'g'li Andijon davlat universiteti 3-kurs tayanch doktaranti Author

Keywords:

Farg‘ona vodiysi, turizm statistikasi, turizm rivojlanishi, hududiy turizm, turistik salohiyat, ekologik turizm, turistik infratuzilma, turizm sohasi, iqtisodiy tahlil, turizm siyosati

Abstract

Farg‘ona vodiysi Markaziy Osiyoning eng muhim iqtisodiy va madaniy markazlaridan biri bo‘lib, so‘nggi yillarda turizm sohasining rivojlanishida ijobiy o‘zgarishlarni namoyon qilmoqda. Zamonaviy global tendensiyalar fonida turizmning hududiy rivojlanishi, ayniqsa, mahalliy imkoniyatlarning to‘liq ishga solinishi, yangi turizm yo‘nalishlarining paydo bo‘lishi, zamonaviy infratuzilmaning shakllanishi va hududiy o‘ziga xosliklar asosida xizmatlar ko‘lamining kengayishi Farg‘ona vodiysi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ayni paytda hudud turizmning bir qancha sohalari — ichki turizm, ekoturizm, qishloq turizmi, madaniy-tarixiy yodgorliklarga asoslangan turizm yo‘nalishlari va boshqa shakllarda rivojlanmoqda. Hududning geografik joylashuvi, iqlimi va tabiiy resurslarining xilma-xilligi, tarixiy va etnomadaniy merosi, mahalliy an'ana va urf-odatlarining boyligi Farg‘ona vodiysining turistik salohiyatini yanada oshiradi. Ushbu tezisda Turizm statistikasi asosida Farg‘ona vodiysining turistik rivojlanishini tahlil qilish haqida ma'lumotlar berilgan.

Downloads

Published

2025-10-25

Issue

Section

Articles

How to Cite

TURIZM STATISTIKASI ASOSIDA FARG‘ONA VODIYSINING TURISTIK RIVOJLANISHINI TAHLIL QILISH. (2025). International Conference on Multidisciplinary Sciences and Educational Practices, 199-203. https://econfseries.com/index.php/7/article/view/3236