ELEKTRON TIJORATDA SUBYEKTLAR TARKIBI VA ULARNING HUQUQIY MAQOMI
Keywords:
elektron tijorat, elektron tijorat subyektlari, sotuvchi, xaridor, elektron tijorat modellari, elektron tijorat operatorlari.Abstract
Mazkur tezis ishida elektron tijoratdagi huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining tarkibi, ularning huquqiy maqomi, huquq va majburiyatlari, shuningdek, bu ishtirokchilarning javobgarlik masalalari yoritilgan. O‘zbekiston Respublikasining “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi Qonuni asosida elektron tijorat ishtirokchilari (sotuvchi va xaridor), shuningdek, elektron tijorat operatorlari (axborot vositachilari)ning huquqiy maqomi aniqlab berilgan. Sotuvchi sifatida yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va ba’zi holatlarda jismoniy shaxslar ishtirok etishi mumkin bo‘lsa, xaridor sifatida esa har ikki – yuridik va jismoniy shaxslar qatnashishi mumkin. Elektron tijorat operatorlari – ya’ni axborot vositachilari – savdo maydonchalari, telekommunikatsiya provayderlari, banklar, elektron hujjat aylanishi va saqlanishi bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi subyektlar sifatida maydonga chiqadi. Ularning asosiy vazifasi – savdo subyektlari o‘rtasida virtual muhitda shartnoma tuzish imkoniyatini yaratishdir. Xorijiy davlatlar, xususan Yaponiya va Filippin qonunchiligi misolida xalqaro yondashuvlar tahlil qilingan bo‘lib, O‘zbekiston amaliyotida mavjud bo‘lgan modellarning umumiylik va farqlari ko‘rsatilgan. Ishning yakunida elektron tijorat ishtirokchilari va operatorlari o‘rtasidagi huquqiy munosabatlarda javobgarlik masalasining dolzarbligi ta’kidlangan.