ELEKTRON SOG‘LIQNI SAQLASH TIZIMIDA SUN’IY INTELLEKTNI JORIY ETISH: MAVJUD MUAMMOLAR VA SAMARALI YECHIMLAR
Keywords:
sun’iy intellekt, elektron sog‘liqni saqlash, raqamli tibbiyot, ma’lumotlarni qayta ishlash, sog‘liqni saqlash tizimi, tibbiy axborot, diagnostika, algoritmlar, avtomatlashtirish, maxfiylik, huquqiy me’yorlar, xavfsizlik, innovatsiyalar, tibbiy qarorlar qabul qilish, texnologik integratsiya.Abstract
Barchamizga yaxshi ma’lumki, so‘nggi yillarda sun’iy intellekt texnologiyalarining jadal rivojlanishi elektron sog‘liqni saqlash tizimiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Ushbu tezisimizda sun’iy intellektni sog‘liqni saqlash sohasiga joriy etish jarayonidagi dolzarb muammolar, ularni yuzaga keltirayotgan omillar va ularni bartaraf etish bo‘yicha samarali yechimlar o‘rganiladi. Tadqiqot davomida sun’iy intellekt asosidagi tibbiy ma’lumotlarni qayta ishlash, kasalliklarni aniqlash va davolashdagi yordamchi funksiyalari tahlil qilinadi. Shu bilan birga, maxfiylik, huquqiy me’yorlar va texnik cheklovlar kabi to‘siqlar ko‘rib chiqiladi. Muallif amaliy misollar asosida sun’iy intellektdan oqilona foydalanish, sog‘liqni saqlash tizimi samaradorligini oshirish va bemorlar xavfsizligini ta’minlash yo‘llarini taklif etadi. Tezisimizda zamonaviy tibbiyot va raqamli texnologiyalar kesishgan nuqtada yuzaga kelayotgan imkoniyat va chaqiriqlarga e’tibor qaratishga harakat qildik.