UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTAB DIREKTORLARINING BOSHQARUV FAOLIYATINI BAHOLASH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH (TALIS TADQIQOT MISOLIDA)
Keywords:
Umumiy o‘rta ta’lim, maktab direktori, boshqaruv faoliyati, baholash mexanizmlari, TALIS tadqiqoti, ta’lim sifati, xalqaro tajriba, takomillashtirish.Abstract
Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlarining boshqaruv faoliyatini baholash mexanizmlarini takomillashtirish masalalari yoritiladi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlari sharoitida maktab rahbarining boshqaruv salohiyati, yetakchilik ko‘nikmalari hamda strategik qaror qabul qilishdagi samaradorligi ta’lim sifatiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu nuqtai nazardan, xalqaro TALIS (Teaching and Learning International Survey) tadqiqoti tajribasi asosida maktab direktorlari faoliyatini baholashning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Maqolada baholash mezonlarini takomillashtirish, ularni xalqaro standartlarga uyg‘unlashtirish hamda milliy ta’lim tizimiga moslashtirish bo‘yicha ilmiy xulosalar va tavsiyalar ishlab chiqilgan.