JAHON ADABIYOTIDA “KICHIK ODAM” KONSEPSIYASI: SHAKLLANISH VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI

Authors

  • Jahongir Komiljonov KIUT Namangan filiali o‘qituvchisi, Namangan davlat universiteti Mustaqil tadqiqotchi Author

Keywords:

“kichik odam” konsepsiyasi, jahon adabiyoti, oddiy inson obrazi, ijtimoiy-psixologik tahlil, realizm, modernizm, ekzistensializm, rus adabiyoti, badiiy tafakkur evolyutsiyasi.

Abstract

Maqolada jahon adabiyotida “kichik odam” konsepsiyasining shakllanish jarayoni va rivojlanish bosqichlari tahlil etiladi. Avvalo, antik davr adabiyotidagi oddiy inson qiyofasi, o‘rta asr asarlaridagi ijtimoiy tabaqalanish fonida oddiy shaxsning badiiy tasviri, Yevropa ma’rifatparvarlik davridagi inson qadr-qimmati haqidagi qarashlar hamda rus adabiyotida Puşkin, Gogol, Dostoyevskiy, Chexov ijodida “kichik odam” obrazining ijtimoiy-psixologik talqini ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, XX asr modernizm va ekzistensializm oqimlari doirasida “kichik odam”ning ruhiy iztiroblari, yolg‘izlik, begonalashuv va ijtimoiy adolatsizlik muammolari badiiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda konsepsiyaning jahon adabiyotida turlicha shaklda talqin etilishi, ammo uning umumiy g‘oyasi — oddiy insonning ijtimoiy hayotdagi o‘rni va qadrini ko‘rsatish — yetakchi yo‘nalish sifatida namoyon bo‘lishi asoslab beriladi.

Downloads

Published

2025-08-24

Issue

Section

Articles

How to Cite

JAHON ADABIYOTIDA “KICHIK ODAM” KONSEPSIYASI: SHAKLLANISH VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI. (2025). International Conference on Medical Science, Medicine and Public Health, 21-32. https://econfseries.com/index.php/8/article/view/2720