POSTMODERNIZM VA KELAJAK ONTOLOGIYASI: BORLIQNING YNGI FALSAFIY TALQINIGA YO’L
Keywords:
Postmodernizm, kelajak ontologiyasi, empirik idrok, Martin Haydegger, Immanuel Kant, priori,noumena, fenomen, metafizika.Abstract
Kelajak bormi? nafaqat vaqtning tabiati, balki borliqning haqiqat darajasi haqida ham fikrlashga undaydi. Hozirgi paytda mavjud bo‘lgan narsa empirik idrok orqali “haqiqiy” deb qabul qilinadi, o‘tmish esa hujjatlar va xotiralar orqali qayta quriladi. Shu bilan birga, matnda haqiqatning soxtalashish ehtimoliga urg‘u beriladi bu esa postmodern tafakkur bilan bevosita bog‘liq g‘oyadir.
Postmodernizm nuqtayi nazaridan, vaqtning o‘zi ham metanarrativ, ya’ni inson ongida yaratilgan ma’nolar tizimidir. Lyotar ta’kidlaganidek, postmodern tafakkur “katta hikoyalar”ga ishonmaydi demak, o‘tmish, hozir va kelajak kabi vaqt kategoriyalari ham mutlaq emas, balki madaniy va til konstruksiyasi sifatida shakllangan. Shuning uchun “kelajak” ob’ektiv mavjud narsa emas, balki inson tafakkuri, til va madaniyat yaratgan potensial simulyakrdir.
