BOLALARDA SUYAKLARNING RIVOJLANISHIDA MINERALLARNI ROLI
Keywords:
kalsiy, fosfor, magniy, kaliy, rux, suyak rivojlanishi, bolalar salomatligi, raxit, mineral moddalar muvozanati, osteogenez.Abstract
Ushbu maqolada bolalarda suyak to‘qimalarining shakllanishi, o‘sishi va mustahkamlanishida mineral moddalarning tutgan o‘rni ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan yoritilgan. Suyaklar tarkibida kalsiy, fosfor, magniy, natriy, kaliy va rux kabi minerallar muhim biologik vazifalarni bajaradi. Kalsiy-fosfor muvozanati bolalarning to‘g‘ri rivojlanishida asosiy omillardan biri bo‘lib, ularning yetishmovchiligi raxit, suyaklarning mo‘rtlashuvi, bo‘y o‘sishining sekinlashuvi, tishlarning emirilishi kabi salbiy holatlarga olib kelishi mumkin. Maqolada bolalar organizmining mineral moddalarni o‘zlashtirish xususiyatlari, ularning fiziologik me’yorlari, turli yoshdagi bolalar uchun tavsiya etilgan kunlik iste’mol miqdorlari va ozuqaviy manbalari ilmiy asosda tahlil qilingan. Shuningdek, suyak tizimini mustahkamlashga qaratilgan profilaktik choralar, balansli ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzining ahamiyati batafsil bayon etiladi.