YUQORI YUKLANGAN TARMOQLARDA MA’LUMOTLARINI UZATISHNI TEKSHIRISH

Authors

  • Z. D. Dilmurodov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU qarshi filiali Kompyuter tizimlari kafedrasi assistenti Author
  • A. O. Sodiqov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU qarshi filiali talabasi Author

Abstract

Yuqori yuklangan tarmoq - bu katta miqdordagi trafik o‘tadigan ma’lumotlarni uzatish tarmog‘idir. Gigabit ma’lumotlar bir tugundan ikkinchisiga o‘tadi, bu ma’lumotni uzatishda kechikish, ba’zan esa ma’lumot yo‘qolishi bilan bog‘liq vaziyatlarni keltirib chiqaradi. Bunday holat magistral ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarida yuzaga kelishi mumkin. Masalan, olis ofisning videokonferensiyasi, boshqa shaharda, bosh ofis bilan o‘tkazilishi magistral provayder tarmog‘iga yuk ortishi bilan videoma’lumotlar kechikish bilan keladi, buning natijasida konferentsiya ishtirokchilarining ekranlarida video kechikish bilan ko‘rsatiladi. Yana bir misol, epidemiologik vaziyat, aksariyat kompaniyalar o‘z xodimlarini masofaviy ishlashga o‘tkazganda va karantindagi foydalanuvchilar ko‘pincha turli xil video onlayn xizmatlardan foydalanadilar, bularning barchasi ma’lumotlarni uzatish tarmog‘ida katta yuk yaratadi. Shu sababli, masofadan turib ishlash qiyinlashadi va onlayn video xizmatlar o‘z eshittirishlari sifatini pasaytirishga majbur bo‘ladi, chunki tarmoq bunday yukga bardosh bera olmaydi .

Downloads

Published

2025-01-27

Issue

Section

Articles

How to Cite

YUQORI YUKLANGAN TARMOQLARDA MA’LUMOTLARINI UZATISHNI TEKSHIRISH. (2025). International Conference on Medical Science, Medicine and Public Health, 19-23. https://econfseries.com/index.php/8/article/view/554