TRANZIT YUK OQIMLARINI JALB ETISHNING IQTISODIY MEXANIZMLARI VA O‘ZBEKISTONNING GLOBAL TRANSPORT MARKAZIGA AYLANISH ISTIQBOLLARI
Keywords:
tranzit yuk oqimlari, iqtisodiy mexanizm, global transport markazi, logistika markazlari, multimodal transport, davlat-xususiy sheriklik, raqamlashtirish, tashqi savdo, investitsiya.Abstract
Ushbu tezisda tranzit yuk oqimlarini O‘zbekistonga jalb etishning iqtisodiy mexanizmlari hamda mamlakatning global transport markaziga aylanish istiqbollari tahlil qilinadi. O‘zbekistonning geostrategik joylashuvi, mavjud temir yo‘l infratuzilmasi va xalqaro transport yo‘laklaridagi imkoniyatlari innovatsion yondashuvlar asosida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, tranzit yuk oqimlarini oshirish orqali davlat byudjetiga tushumlarni ko‘paytirish, tashqi savdo xarajatlarini kamaytirish, yangi investitsiyalarni jalb qilish va xalqaro raqobatbardoshlikni ta’minlash kabi iqtisodiy afzalliklar yoritiladi. Maqolada davlat-xususiy sheriklik, logistika markazlarini rivojlantirish, multimodal transport xizmatlarini kengaytirish va raqamlashtirish mexanizmlarining iqtisodiy samaradorligi asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari O‘zbekistonning kelgusida Markaziy Osiyodagi yirik global transport-logistika markazlaridan biriga aylanish imkoniyatlarini ochib beradi.