TRANZIT YUK OQIMLARINI JALB ETISHNING IQTISODIY MEXANIZMLARI VA O‘ZBEKISTONNING GLOBAL TRANSPORT MARKAZIGA AYLANISH ISTIQBOLLARI

Authors

  • O‘Tkirjon Axmedov Alaviddin O‘G‘Li Alfraganus University Iqtisodiyot fakulteti Iqtisodiyot kafedrasi o‘qituvchisi Author

Keywords:

tranzit yuk oqimlari, iqtisodiy mexanizm, global transport markazi, logistika markazlari, multimodal transport, davlat-xususiy sheriklik, raqamlashtirish, tashqi savdo, investitsiya.

Abstract

Ushbu tezisda tranzit yuk oqimlarini O‘zbekistonga jalb etishning iqtisodiy mexanizmlari hamda mamlakatning global transport markaziga aylanish istiqbollari tahlil qilinadi. O‘zbekistonning geostrategik joylashuvi, mavjud temir yo‘l infratuzilmasi va xalqaro transport yo‘laklaridagi imkoniyatlari innovatsion yondashuvlar asosida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, tranzit yuk oqimlarini oshirish orqali davlat byudjetiga tushumlarni ko‘paytirish, tashqi savdo xarajatlarini kamaytirish, yangi investitsiyalarni jalb qilish va xalqaro raqobatbardoshlikni ta’minlash kabi iqtisodiy afzalliklar yoritiladi. Maqolada davlat-xususiy sheriklik, logistika markazlarini rivojlantirish, multimodal transport xizmatlarini kengaytirish va raqamlashtirish mexanizmlarining iqtisodiy samaradorligi asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari O‘zbekistonning kelgusida Markaziy Osiyodagi yirik global transport-logistika markazlaridan biriga aylanish imkoniyatlarini ochib beradi.

Downloads

Published

2025-09-03

Issue

Section

Articles

How to Cite

TRANZIT YUK OQIMLARINI JALB ETISHNING IQTISODIY MEXANIZMLARI VA O‘ZBEKISTONNING GLOBAL TRANSPORT MARKAZIGA AYLANISH ISTIQBOLLARI. (2025). International Educators Conference, 49-54. https://econfseries.com/index.php/2/article/view/2759