SHAHAR AHOLISINI JAMOAT TRANSPORTIDA TASHISHDA HARAKAT MUNTAZAMLIGINI OSHIRISH YO’LLARI
Abstract
Ushbu tezisning asosiy maqsadi shahar aholisini jamoat transportida tashishda harakat muntazamligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko‘zda tutiladi: Shahar jamoat transporti tizimining hozirgi holatini tahlil qilish, mavjud muammolar va kamchiliklarni aniqlash.Harakat muntazamligiga ta’sir etuvchi omillarni (yo‘l harakati, transport vositalarining texnik holati, dispetcherlik xizmati, yo‘lovchilar oqimi va boshqalar) o‘rganish. Xorijiy davlatlarning jamoat transportida harakat muntazamligini ta’minlash bo‘yicha ilg‘or tajribalarini o‘rganish va O‘zbekiston sharoitiga mos keladigan jihatlarini aniqlash. Shahar aholisini jamoat transportida tashishda harakat muntazamligini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar va takliflar ishlab chiqish (masalan, optimallashtirilgan marshrutlar, zamonaviy dispetcherlik tizimlari, aqlli transport texnologiyalari, infratuzilmani takomillashtirish va boshqalar).Ishlab chiqilgan takliflarning iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligini baholash. Ushbu tezis natijalari shahar jamoat transporti tizimini takomillashtirish, aholining transport xizmatlaridan qoniqish darajasini oshirish va shaharlarda transport muammolarini kamaytirishga xizmat qiladi.