QO`QON XONLİGİ ADABİY MUHİTİGA O’Z HİSSASİNİ QO’SHGAN SHOİRALAR
Abstract
Qo‘qon adabiy muhiti XVIII-XIX-asrlarda o‘zbek adabiyotining eng muhim markazlaridan biriga aylangan. Bu davrda Qo‘qon xonligi nafaqat siyosiy va iqtisodiy jihatdan, balki madaniy-ma’naviy jihatdan ham ravnaq topdi. Qo‘qon xonligi davrida bu shahar nafaqat harbiy-siyosiy markaz, balki adabiy va ilmiy markaz sifatida tanildi. Xonlar — ayniqsa, Muhammad Olimxon, Umarxon va uning rafiqasi Nodira — shoir va olimlarni qo‘llab-quvvatlagan, ular uchun maxsus majlislar tashkil qilgan. XIX asrda Qo‘qon adabiy muhitida ma’rifatparvarlik ruhidagi asarlar keng yoyildi. Shoirlar xalqni ilmga, savodga, adolatga chorlovchi she’rlar yozdilar. Furqat, Muqimiy kabi shoirlar o‘z asarlari orqali ijtimoiy ongni uyg‘otishga harakat qildilar. Qo‘qon adabiy muhitining yana bir o‘ziga xos jihati — ayol ijodkorlarning faol ishtirok etishdi. Bular Nodira, Uvaysiy, Jahon otin (Dilshod) kabi shoiralar ijod qilgan, bu esa o‘z davri uchun katta yangilik edi. Ular ayollar mavqeini ko‘tarish, ma’rifat tarqatishda katta hissa qo‘shgan.