BASHORATLI MARKETING: RAQAMLI ASRDA ISTE’MOLCHI EHTIYOJLARINI OLDINDAN ANGLASH SAN’ATI
Keywords:
Bashoratli marketing, iste’molchi ehtiyojlari, raqamli marketing, sun'iy intellekt, ma'lumotlar tahlili, marketing strategiyalari, raqamli texnologiyalar, marketing innovatsiyalari, iste’molchi xatti-harakatlari, marketingning optimallashtirilishi.Abstract
Bashoratli marketing – bu raqamli asrda iste’molchilarning ehtiyojlarini oldindan anglash va ularni qondirish uchun samarali strategiyalarni ishlab chiqish san’ati va ilmidir. Sun'iy intellekt va ma'lumotlar tahlili texnologiyalarining rivojlanishi bilan marketing mutaxassislari iste’molchilarni yanada aniqroq tushunib, ularning ehtiyojlarini oldindan bashorat qilish imkoniyatiga ega bo'lmoqdalar. Ushbu maqolada bashoratli marketingning mohiyati, uning marketing sohasidagi ahamiyati va iste’molchilarni o’rganishdagi yangi yondashuvlar tahlil qilinadi. Maqolada bashoratli marketingning turli usullari, uning kompaniyalar uchun foydalari va raqamli texnologiyalar yordamida iste’molchi ehtiyojlarini aniqlashdagi muvaffaqiyatli misollar keltiriladi. Bu o’zgarishlar, marketing jarayonini qanday rivojlantirish va optimallashtirish mumkinligini tushuntiradi.