MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARDA MOLIYALASHTIRISH MODELI VA UNDAN FOYDALANISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Keywords:
Maktabgacha ta’lim, moliyalashtirish samaradorligi, ta’lim infratuzilmasi, iqtisodiy indikatorlar, davlat-xususiy sheriklik, budjet siyosati, ta’limga investitsiya, moliyaviy barqarorlik.Abstract
Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarini moliyalashtirish tizimi va uning samaradorligini oshirish muammolari tahlil qilinadi. Ilmiy asoslangan yondashuvlar asosida MTT faoliyatini barqaror moliyalashtirishni ta’minlovchi omillar, resurslarni boshqarish usullari hamda ularning ta’lim sifatiga ta’siri yoritiladi. Shuningdek, xorijiy tajriba, iqtisodiy indikatorlar va moliyaviy koeffitsientlar asosida moliyalashtirish samaradorligini baholash mexanizmlari taklif etiladi. Maqolada iqtisodiy modellashtirish, prognozlash hamda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarining qo‘llanilishi orqali MTT infratuzilmasini rivojlantirishga oid taklif va tavsiyalar berilgan. Tadqiqot natijalari respublikamizda maktabgacha ta’lim sohasini moliyaviy jihatdan takomillashtirishga xizmat qiladi.