OFFSHOR KOMPANIYALAR ISHTIROKIDAGI BITIMLARNING KOLLIZION MASALALARI
Keywords:
offshor kompaniya, xalqaro xususiy huquq, kollizion norma, qo‘llaniladigan huquqni tanlash, shartnoma erkinligi, huquqiy layoqat, yurisdiktsiya.Abstract
Global iqtisodiy integratsiyaning kuchayishi offshor yurisdiktsiyalarda ro‘yxatdan o‘tgan kompaniyalar ishtirokidagi bitimlarning ortishiga olib keldi. Bunday bitimlar xalqaro xususiy huquqda kollizion masalalarni, xususan qaysi davlat huquqini qo‘llash, nizolarni qaysi yurisdiktsiyada ko‘rib chiqish va shartnoma shaklining haqiqiyligini belgilashda murakkabliklar keltirib chiqaradi. Ushbu tezisda offshor kompaniyalar ishtirokidagi bitimlarga tomonlar erkining avtonomligi tamoyilini qo‘llanilishi, O‘zbekiston va xalqaro huquq normalaridagi yondashuvlar, hamda amaliyotda uchraydigan asosiy muammolar tahlil qilinadi. Natijada, huquqiy xavfsizlikni ta'minlash uchun offshor kompaniyalar bilan tuziladigan bitimlarda ehtiyotkorlik bilan yondashish zarurligi asoslanadi.