O‘ZBEKISTONDA HAKAMLIK SUDLARINI TASHKIL ETISHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI VA HAKAMLIK SUDYALARIDA BO‘LISHI LOZIM BO‘LGAN FAZILATLAR
Abstract
Demokratik tamoyillar ustuvor bo‘lgan mamlakatlarda nizolarni muqobil yo‘llar bilan hal qilish institutini shakllantirish va xususan hakamlik sudlarini tsahkil etish asoslarini va uni belgilovchi mezonlarni ishlab chiqish alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu sohadagi hozirgi islohotlar hakamlik sudlarini yangi darajaga olib chiqish, tashkil etish tartibi va mezonini isloh qilish, uning huquqiy maqomini va sudyalarning etik-estetik qoidalarini belgilash hamda hakamlik sudlarini fuqarolar va tadbirkorlarning ishonchini qozonadigan samarali muqobil institutga aylantirish uchun qaratilgan. Mazkur tezisda hakamlik sudlarini tashkil etish tartibi, shakli, turlari hamda huquqiy maqomi, amaliyotda uchrayotgan muammolarni qiyosiy tahlili, shuningdek, hakamlik sudyalari o‘zida mujassamlashtirishi lozim bo‘lgan fazilatlari haqida tahlil olib borilgan. Ushbu jihatlar amaliyotda bir necha tushunmovchiliklarga sabab bo‘lmoqda va qonunchilik islohotini talab etmoqda. Mazkur tezis aynan shu masalalarga bag‘ishlangan.