DENTAL IMPLANTATSIYA VA SUYAK REGENERATSIYASIDA BIOMATERIALLARNING ROLI
Keywords:
Dental implantatsiya, suyak regeneratsiyasi, biomateriallar, osteointegratsiya, biokompatibil materiallar, suyak grefti.Abstract
Hozirgi zamon stomatologiyasida dental implantatsiya og‘iz bo‘shlig‘idagi tish yetishmovchiligi muammosini hal etishda eng samarali va uzoq muddatli davolash usuli hisoblanadi. Ushbu muolajaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi, birinchi navbatda, implant atrofidagi suyak to‘qimasining holati va regeneratsiya jarayonining to‘g‘ri boshqarilishiga bog‘liqdir. Shu nuqtayi nazardan, biomateriallar ayniqsa, suyakni qayta tiklovchi bioaktiv moddalarning ahamiyati ortib bormoqda. Mazkur maqolada dental implantatsiya jarayonida ishlatiladigan biomateriallarning turlari, ularning fiziologik va biokimyoviy xususiyatlari, suyak regeneratsiyasiga ta’siri va zamonaviy stomatologiyadagi qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Ilmiy yondashuv asosida biomateriallar tanlovining klinik natijalarga ta’siri yoritilgan.